Bir xil hujjat, ikki xil natija
6/18/2026

BIR XIL HUJJAT, LEKIN KIMDIR VIZA OLADI, KIMDIR ESA "OTKAZ"? GAP NIMADA? 📉❌
"Hamma hujjatlarim joyida edi, bankda pulim bor, til sertifikatim ham bor edi. Doʻstim bilan bir xil hujjat topshirgandik, unga viza chiqdi, menga esa rad javobi keldi. Adolat qayerda?" 🤷♂️
Koʻpchilik talabgorlarni qiynaydigan eng katta jumboqlardan biri bu! Aslida esa gap hujjatlarda emas... gap siz tanlagan universitetda! 🏫💥
Xoʻsh, bu qanday sodir boʻladi? Keling, parda ortidagi sirni ochamiz:
*️⃣ 1. Oʻtmishdagi talabalarning "izlari" 👣
Gap shundaki, siz tanlagan universitetga sizdan oldin borib kirgan oʻquvchilar Koreya qonun-qoidalarini buzgan, dars qoldirgan yoki noqonuniy ishlash trackiga oʻtib ketgan boʻlishi mumkin. Siz ularning xatosi uchun javob beryapsiz!
*️⃣ 2. Koreya hukumatining "Qora va Oq" roʻyxati 📊📌
Koreya immigratsiya xizmati har yili chet ellik talabalarni qabul qiladigan barcha universitetlarni qatʼiy baholab chiqadi. Bunda eng asosiy mezon — oʻsha oliygohdagi noqonuniy qolib ketgan talabalar foizi hisoblanadi.
*️⃣ 3. Noqonuniy migrantlar koʻp boʻlgan universitetlar (❌ Qizil chiroq)
Agar siz hujjat topshirgan universitetda darsni tashlab, noqonuniy boʻlib ketgan xorijliklar soni koʻp boʻlsa, u universitet elchixona koʻzida "ishonchsiz"ga aylanadi. Bunday oliygohga hujjat topshirsangiz, hujjatlaringiz qanchalik mukammal boʻlmasin, viza olish juda qiyinlashadi.
*️⃣ 4. "Akkreditatsiyadan oʻtgan" universitetlar (🟩 Yashil chiroq)
Aksinchas! Agar siz tanlagan universitetda qonunbuzar va noqonuniy yurgan talabalar deyarli boʻlmasa yoki juda kam boʻlsa — tabriklaymiz! 🎉 Bu oliygoh elchixonaning "sevimlisi" hisoblanadi va siz deyarli 90% muvaffaqiyat bilan, osongina viza olasiz!
💡Maslahat: Koreyaga universitet tanlayotganda faqat uning kontrakti yoki chiroyli binosiga uchmang. Uning elchixona oldidagi reytingi (toifasi) qanday ekanini albatta surishtiring!
https://t.me/visa_doctors