Koreyaga mehmon viza
6/17/2026

F3 vizasi – bu Janubiy Koreyada qonuniy asosda uzoq muddatli viza bilan istiqomat qilayotgan xorijlik fuqarolarning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlariga mo‘ljallangan oilaviy viza turidir.
1. F3 vizasiga da’vogarlik qila oladigan viza turlari
Janubiy Koreya elchixonasi quyidagi uzoq muddatli viza egalarining oila a’zolariga F3 vizasi uchun murojaat qilishni tavsiya etadi:
D2-3: Magistratura talabalari.
D2-4: Doktorantura (PhD) talabalari.
D-9: Biznes (savdo) vakillari.
E-7: Mutaxassis ishchi vizasi egalari.
2. Muvaffaqiyatli natija uchun asosiy shartlar
F3 vizasini olish imkoniyati yuqori bo'lishi (ayniqsa, E-7, D-9 va D2-4 viza egalari uchun) quyidagi talabga bog'liq:
Muhim eslatma: Ariza topshiruvchi (chaqiruvchi) Janubiy Koreya hududida ID kartasini (Chet el fuqarosi guvohnomasi) olganiga kamida 6 oy to‘lgan bo‘lishi shart.
Ushbu shart bajarilgan taqdirda, viza tasdiqlanish ehtimoli deyarli 100% ni tashkil qiladi.
3. F3 vizasining asosiy maqsadi
Ushbu viza oilani birlashtirishga qaratilgan bo‘lib, u faqat quyidagi shaxslar uchun amal qiladi:
Turmush o‘rtoq: Qonuniy nikohdan o‘tgan juftliklar.
Farzandlar: Qaramog‘idagi voyaga yetmagan farzandlar.
https://t.me/visa_doctors