Yangiliklarga qaytish
Viza siyosati

🚨 KOREYAGA VIZA OLISH QIYINLASHISHI MUMKIN! 🇰🇷

3/13/2026

🚨 KOREYAGA VIZA OLISH QIYINLASHISHI MUMKIN! 🇰🇷

🚨 KOREYAGA VIZA OLISH QIYINLASHISHI MUMKIN! 🇰🇷

Kelasi semestrdan boshlab Koreya migratsiyasi talaba vizalari bo‘yicha yangi talablar joriy qilishi mumkin.

📌 Asosiy o‘zgarishlar:

🏦 Elektron vizalarda 1–3 oylik bank hisob aylanmasi talab qilinishi

📄 Ba’zi universitetlar uchun E-Visa orqali hujjat topshirish cheklanadi

🔍 Moliyaviy hujjatlar yanada qat’iy tekshiriladi

⚠️ Nima uchun bunday o‘zgarish bo‘lyapti?

So‘nggi paytlarda Koreyaga talaba vizasi bilan kirib, keyinchalik nolegal ishlash holatlari keskin ko‘paygani sabab migratsiya nazoratni kuchaytirmoqda.

Shu sabab:

• Bank hisobidagi pul oldindan qo’yilgan bo‘lishi 
• Hujjatlar yanada sinchiklab tekshirilishi
• E-visa orqali ketish cheklanishi mumkin

📊 Kimlarga qiyinlashadi?

❌ Til sertifikati past darajadagi talabalar
❌ Kasbiy ta’lim orqali ketmoqchi bo‘lganlar
❌ E-Visa orqali ketishni rejalayotganlar

✅ Kimlarda imkoniyat yuqori?

✔️ TOPIK 3+ yoki IELTS 5.5+ borlar
✔️ Bakalavr yoki magistratura dasturi orqali topshirganlar
✔️ To‘g‘ri universitet tanlaganlar

📌 Eng muhim tavsiya:

Koreyada o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, hujjatlarni oxirgi kunga qoldirmang.

To‘g‘ri universitet va to‘g‘ri hujjatlar bilan viza chiqish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.