Oʻquvchi Vizasi: Nimalar kerak?
6/19/2026

1. Til sertifikati — Viza poydevori!
Hozirgi kunda til sertifikatlari viza olishda eng asosiy rol oʻynaydi. Sizdagi TOPIK yoki IELTS darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, elchixona sizga shunchalik tez viza beradi. Yuqori ball — muvaffaqiyat garovi!
2. KDB Bank ma’lumotnomasi va Daromadlar 💳
Moliyaviy barqarorlik — elchixonaning eng qattiq tekshiradigan bandi. Talabgorning hisob raqamidagi pul mablagʻlari kamida 1 oy davomida bankda muzlatilgan boʻlishi shart! 🛑 Undan tashqari, ota-onangizning rasmiy ish joyidan beriladigan daromadlari ham toʻliq va shaffof koʻrsatilishi kerak. 📈
3. Universitet toifasi (Reytingi) 🏫
Koreya elchixonasi oliygohlarni ma’lum toifalarga ajratadi. Viza berilish ehtimoli yuqori boʻlgan, ya’ni "yashil chiroq" yongan universitetlarga hujjat topshirish maqsadga muvofiq. Toʻgʻri universitet tanlash — yarim gʻalaba! 🟩
4. Nomzodning yoshi 🧑🎓
Koreya yosh va gʻayratli talabalarni yaxshi koʻradi! Oʻquvchi qanchalik yosh boʻlsa va maktab/kollejni bitirgandan keyingi uzilish vaqti (gap year) qanchalik kam boʻlsa, viza chiqish ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi. ⏳
5. Mukammal yozilgan "Study Plan" 📝
Oʻquv rejasi — bu shunchaki rasmiyatchilik emas, bu sizning kelajakdagi maqsadlaringiz koʻzgusidir. Uni elchixona talablariga mos qilib, "Bu bola haqiqatdan ham faqat oʻqigani ketyapti" deb ishonarli yozish viza imkoniyatingizni yanada mustahkamlaydi! 🔥
https://t.me/visa_doctors