Xarajat keyslari

Til kursiga (21 yoshgacha): to‘liq xarajat

25-noyabr

Til kursiga (21 yoshgacha): to‘liq xarajat

Bu keysda 21 yoshgacha bo‘lgan, til sertifikati yo‘q arizachi ko‘riladi. U Koreyaga til kursi (D-4) orqali boradi. Misol sifatida Kongju National University olingan: bu davlat universiteti.

1-bosqich. Til kursi to‘lovi: 3 900 000 von

Bu summa 6 oylik kurs uchun, yotoqxona narx ichida.

2-bosqich. Viza: 125$

Elchixona to‘lovi 125$. Tibbiy ko‘rik shu summa ichida.

3-bosqich. Xizmat haqi

  • Standart: 10 000 000 so‘m. 6 mln so‘m ish boshlanganda, 4 mln so‘m viza chiqqanda to‘lanadi.
  • Natija: 1 500$. Faqat viza chiqqanda to‘lanadi; viza chiqmasa, to‘lov yo‘q.

4-bosqich. Aviachipta

Bir tomonlama chipta o‘rtacha 500$.

Jami xarajat

  • Natija tarifi bilan: 3 900 000 von va 2 125$.
  • Standart tarifi bilan: 3 900 000 von, 625$ va 10 000 000 so‘m.

Koreyada yashash xarajatlari (taxminiy)

Bu misolda yotoqxona 6 oylik kurs narxi ichida. Boshqa universitetlarda yoki kurs tugagandan keyin turar joy alohida to‘lanadi. Quyidagi raqamlar ochiq manbalardan olingan taxminiy oraliqlar.

  • Universitet yotoqxonasi. Ko‘p kishilik xona bir semestrga taxminan 800 000 dan 1 800 000 vongacha. Bir kishilik xonalar va Seuldagi yirik xususiy universitetlarda qimmatroq: 2 mln dan 3 mln vongacha.
  • Goshivon (kichik xona). Oyiga taxminan 250 000 dan 700 000 vongacha, kommunal to‘lovlar odatda ichida. Garov puli kichik: 0 dan 1 000 000 vongacha.
  • Bir xonali kvartira (one-room). Garov puli ancha katta: taxminan 3 mln dan 10 mln vongacha. Oylik ijara 450 000 dan 850 000 vongacha, kommunal to‘lovlar alohida. Garov puli shartnoma tugaganda qaytariladi.
  • Oylik yashash xarajati. Koreyaning rasmiy Study in Korea portali xalqaro talaba uchun oyiga o‘rtacha 750 000 dan 1 000 000 vongacha deb ko‘rsatadi.

Goshivon va kvartira narxlari asosan Seul bo‘yicha. Aniq summani siz tanlagan universitet bo‘yicha menejerimiz aytadi.

Bank hisobidagi mablag‘: bu xarajat emas

Til kursi uchun KDB bankida o‘z nomingizga kamida 6 300$ (Seul, Kyonggi va Incheon uchun 7 800$) kamida 3 oy turishi kerak. Pul sarflanmaydi va o‘zingizda qoladi.

Bilish kerak

  • Til kursi faqat 21 yoshgacha (21 ham kiradi).
  • Boshqa universitetlarda til kursi narxi taxminan 3 900 000 dan 8 000 000 vongacha.

O‘z holatingiz bo‘yicha hisob

Narx universitet va shaharga qarab o‘zgaradi. Aniq hisobni mutaxassis hujjatlaringizni ko‘rib beradi: bepul tekshiruvdan o‘ting yoki Telegram’da @visa_doctor ga yozing.

Maqola foydali bo‘ldimi?

Tavsiya etilgan maqolalar

Maqola o‘qidingiz — endi o‘z holatingizni bilib oling

Bepul tekshiruv: darajangizga qaysi yo‘l mos?

Bepul tekshiruv