E-VISA to’xtatiladimi?
2/17/2026

⚠️ E-VISA TO‘XTATILADIMI? 🇰🇷
So‘nggi paytda eng ko‘p berilayotgan savollardan biri.
Quyida rasmiy holat bo‘yicha aniq tushuntirish ⬇️
📌 MUHIM MA’LUMOT
Kelasi mavsumdan boshlab magistratura (E-visa) yo‘nalishi bo‘yicha:
➡️ ba’zi universitetlar vaqtinchalik E-visa orqali o‘quvchi qabul qilishni to‘xtatishi mumkin.
❗️Bu umumiy E-visa yopilishi degani EMAS.
🔎 Sababi nimada?
Koreyada universitetlar:
- reytingi
- oldingi mavsumlardagi o‘quvchilar natijalari
asosida toifalarga ajratiladi.
📌 Shunga ko‘ra:
- ayrim universitetlarga 4 yilda faqat 2 semester hujjat topshirish huquqi berilgan
- agar universitet ketma-ket 2 semester o‘quvchi qabul qilgan bo‘lsa,
➡️ keyingi mavsumda vaqtinchalik cheklov qo‘yilishi mumkin
Bu cheklov:
❌ hamma universitetlarga emas
❌ butun E-visa tizimiga emas
✅ faqat ayrim OTMlarga tegishli bo‘ladi
✅ ENG MUHIMI
👉 Umuman olganda, kelasi mavsumda E-visa DAVOM ETISHI kutilmoqda.
Ammo ⚠️:
- E-visa bilan Koreyaga kirgan talabalar
- o‘qish davomati
- darslarga qatnashuvi
- qonuniy ishlashi
📍 immigratsiya tomonidan diqqat bilan kuzatiladi.
Agar talabalar tomonidan:
✅ qoidabuzarlik bo‘lmasa
✅ o‘qish jarayoni normal bo‘lsa
➡️ kelasi mavsumlarda E-visa cheklanmaydi.
📌 XULOSA
❌ “E-visa yopilibdi” — noto‘g‘ri gap
⚠️ Ayrim universitetlarda — vaqtinchalik cheklov bo‘lishi mumkin
✅ To‘g‘ri universitet tanlansa — muammo yo‘q