Yangiliklarga qaytish
Viza siyosati

🇰🇷 Koreya vizasi: Qaysi biri sizga mos?

4/13/2026

🇰🇷 Koreya vizasi: Qaysi biri sizga mos?

Janubiy Koreyaga borishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun hozirda to‘rtta asosiy yo‘nalish mavjud:

Elchixona orqali viza: Bu an'anaviy yo‘l bo‘lib, hujjatlar O‘zbekistondagi Koreya elchixonasiga topshiriladi. Agar barcha tartib-qoidalarga aniq rioya qilinsa, viza olish jarayoni shaffof va ishonchli kechadi.

E-visa: Koreya migratsiya xizmati tomonidan masofaviy beriladigan viza. Asosan magistratura yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan. Eng katta afzalligi — ba'zida til sertifikatisiz ham imkoniyat taqdim etiladi. Eslatib o‘tamiz, 2026-yilga kelib ushbu viza turida natijalar biroz pasaygan.

Regional viza: Janubiy Koreyaning hududiy migratsiya bo‘limlari tomonidan nazorat qilinadi. Bakalavr va kasbiy ta’lim (D-2-1) uchun juda qulay. TOPIK 2 yoki IELTS 5.5 daraja so‘ralishi mumkin, biroq ayrim universitetlar sertifikatsiz ham qabul qiladi.

Teleks viza: Eng yuqori tasdiqlash koeffitsientiga ega viza. Koreya migratsiyasi ruxsat bergach, elchixona uni 100% tasdiqlaydi. D-4 (til kursi), F-1 (oila), E-7 (ishchi) vizalari ko‘pincha shu tartibda rasmiylashtiriladi.


https://t.me/visa_doctors

https://www.instagram.com/visa_doctors