Yangiliklarga qaytish
Maslahatlar

Nega viza rad javoblari ko'paymoqda?

1/31/2026

Nega viza rad javoblari ko'paymoqda?

❗️ ELCHIXONA TAHLILI: NEGA VIZA RAD JAVOBI KO‘PAYMOQDA?

 

Elchixona tomonidan o‘quvchi vizasi (D-4 / D-2) bo‘yicha

👉 viza olayotgan va

👉 rad javobi olayotgan o‘quvchilarni solishtirib chiqdik.

 

📌 Natija juda aniq:

 

Rad javobi olayotgan o‘quvchilarning aksariyatida:

 • Ota-ona rasmiy ish joyiga ega emas

 • Faqat mol-mulk hujjatlari (uy, yer, mashina va h.k.) bilan hujjat topshirilgan

 • Daromad manbai rasmiy tasdiqlanmagan

 

Viza olayotgan o‘quvchilarda esa:

 • Ota yoki ona rasmiy ishda ishlaydi

 • Oylik daromad, ish joyi va lavozimi hujjat bilan isbotlangan

 • Mol-mulk hujjatlari qo‘shimcha dalil sifatida berilgan

 

⚠️ Muhim xulosa:

Elchixona uchun mol-mulkdan ko‘ra rasmiy daromad muhimroq.

Faqat uy yoki mashina hujjati bilan viza olish ehtimoli juda past.

 

 

🔎 Viza holatini tekshirish uchun quyidagi havoladan foydalanishingiz mumkin:

https://visadoctors.uz/visa-status

 

👉Viza-chat👈

 

✈️https://t.me/visa_doctors