Talabalar diqqatiga!
6/23/2026

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ariza topshirishni rejalashtiryapsizmi?
🎓 Bakalavr (D-2-2)
🎓 Magistratura (D-2-3)
🎓 Doktorantura (D-2-4)
🤝 Talaba almashinuvi (D-2-6)
🗣️ Til kursi (D-4-1)
U holda elchixona xodimlari tomonidan eng koʻp tahlil qilinadigan va viza berilish jarayoniga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan eng muhim hujjatlar va ularning ketma-ketligini yodda tuting‼️
1️⃣ Bank maʼlumotnomasi (KDB)
Muzlatilgan hisob raqamidagi mablagʻ miqdori va maʼlumotnomaning haqiqiyligi elchixona uchun birlamchi omildir. Mablagʻ yetarli va talab qilingan muddatda hisobda turganiga ishonch hosil qiling.
2️⃣ Til sertifikati (TOPIK yoki IELTS)
Siz tanlagan yoʻnalish talablariga mos keladigan til sertifikatining mavjudligi va uning amal qilish muddati oʻtib ketmaganligi juda muhim. Yuqori ball — vizani ijobiy hal boʻlish ehtimolini keskin oshiradi.
3️⃣ Daromad maʼlumotnomasi (my.gov.uz saytidan)
Hujjatlar orasida eng koʻp savol tugʻdiradigan qism.
⚠️ Muhim eslatma: Elchixona tomonidan rasman taʼkidlanishicha, agar oʻzingizning rasmiy daromadingiz boʻlmasa, ota-onangiz yoki bobo va buvingizning daromadlari haqidagi maʼlumotnomani taqdim etishingiz mumkin.
4️⃣ Oʻqish maqsadi (Study Plan / Statement of Purpose)
Bu shunchaki rasmiyatchilik emas! Sizning nima uchun aynan shu universitet va yoʻnalishni tanlaganingiz, kelajakdagi rejalaringiz konsulda hech qanday shubha uygʻotmasligi, aniq va lutfan yozilishi shart.
🚨 Xulosa: Ushbu hujjatlarning har biri sizning vizangiz taqdirini hal qilishi mumkin. Hujjat topshirishdan oldin har bir bino va sanani qayta-qayta tekshiring!
📌 Vizaga oid barcha kerakli hujjatlarning toʻliq va batafsil roʻyxati:
1️⃣ Asl nusxadagi pasport (Zagran)
2️⃣ Admission (taklifnoma)
3️⃣ Diplom yoki attestat apostili
4️⃣ Bank malumotnomasi
(til kursi uchun KDB bankdan 3oy davomida uzluksiz turishi shart. Hududlar: 6500$ Seul: 8000$
Bakalavr magistr, doktarantura uchun KDB bankidan 1oy davomida uzluksiz turishi shart. Hududlar: 12500$ Seul: 15500$)
5️⃣ Yillik daromad malumotnomasi my.gov.uz saytidan (ota-ona va bobo buvining daromadlari taqdim etilishi mumkin) ⚠️ Rasmiy ishlamaydiganlar uchun alternativ hujjatlar mavjud
6️⃣ Mexnat daftarchasi (my.gov.uz sayti orqali)
7️⃣ Til sertifikatlari Topik 2-daraja yoki undan yuqori, IELTS 5,5 daraja yoki undan yuqori
8️⃣ Ota ona passport nusxalari (A4)
9️⃣ Ota ona nikoh guvohnomasi (faqat qayta turmush boʻlgan holatda)
🔟 Tugʻilganlik xaqida guvohnoma (tarjimasi bilan)
1️⃣1️⃣ 3,5x4,5 rasm oq fonda
1️⃣2️⃣ Study plan (óquv rejasi)
1️⃣3️⃣ 18 yoshdan katta oʻquvchilar uchun:
Turmush qurmaganlik haqida ma’lumotnoma
Turmush qurganlar uchun - nikoh guvohnomasi
https://t.me/visa_doctors